• Yangi nashr, yumshoq muqova, 190 sahifa
Iste’dodli shoira, jozibali nasriy asarlar muallifi Saida Zunnunovaning yoshlik sururi, Vatan shukuhi va mehnat nashidasini tarannum etuvchi «Qizingiz yozdi» (1948), «Yangi she’rlar» (1950), «Gullar vodiysi» (1954), «Qizlarjon», «Bir yil o‘ylari» (1967) she’riy to‘plamlari kitobxonlar tomonidan katta quvonch bilan qabul qilindi. Saida Zunnunova nasrda ham sermahsul ijod etgan adibadir. Uning «Gulbahor» hikoyalar to‘plamida (1956) ishchilar hayoti, oila va muhabbat mavzulari aks etgan bo‘lsa, «Gulxan» (1958) qissasining asosiy qahramoni ayollar bo‘lib, ularning yigirmanchi yillardagi kurashi o‘ziga xos badiiy bo‘yoqlarda ifodalangan. Adiba yozgan «Olov» (1962), «Bo‘ylaringdan o‘rgilay» (1972), «Direktor» kabi asarlarining qahramonlari ham ayollardir.

