Kishining boshiga tashvish tushishi uni esankiratib qo‘yadi. Agar omad ketib, ular qo‘sha-qo‘sha bo‘lib kelsa, dunyo qorong‘i ko‘rina boshlaydi. Oxiri ko‘rinmas muammolar metin iroda sohiblarini ham tom maʼnoda,,sindirib" qo‘yadi.
Biroq umri payoniga yetib qolgan keksalar uchun ana shu tashvish ham o‘zgacha mazmunga ega bo‘ladi. O‘sha kutilmagan tashvish ham juda shirin bo‘ladi. Darhaqiqat, hech bir ish qilmasdan zerikib yashashdan ko‘ra, kishining har tong o‘rnidan turishiga sabab bo‘la oladigan tashvishi bo‘lgani yaxshi. Asarni o‘qir ekansiz, tashvish borasidagi o‘y-fikrlaringiz o‘zgarayotganini his etasiz.
Adiblar odatda o‘z asarlariga badiiy tus berib, yozish uchun asos qilib olgan voqealariga ham turli to‘qima qo‘shimchalarni kiritishadi. Biroq Qizimga maktublar" asari noodatiy bo‘lib, unda muallif Moskva shahrida davolanayotganda qiziga bo‘lgan sog‘inchlarini tushirgan. Maktublarni o‘qir ekansiz, mehribon otaning fikr-xayoli o‘n to‘rt yoshli qizida bo‘lganiga guvoh bo‘lasiz. Siz ham beixtiyor adibning ichki kechinmalariga sherik bo‘lasiz.
Kitobaga shuningdek, adibning „Kuz havosi" nomli hikoyasi ham kiritilgan.
Oddiy bir qishloqdagi kutilmagan falokatlar qonun posbonlarining eʼtiborini tortadi. Militsiya xodimlari ketma-ket sodir etilgan jinoyatlarni taftish etishar ekan, tobora yangi dalillar va shu qatorda jumboqlarga duch kelaverishadi. Bir guruh nafsi buzuqlarning og‘ufurushlik biznesi ko‘plab begunohlar o‘limiga sabab bo‘ladi. „Fotima va Zuhra" asarining kompozitsion qurilishi jahonga mashhur detektiv romanlardan aslo qolishmaydi. Kitobni o‘qir erkansiz, o‘zbek adibining mana shunday qiziqarli asar yoza olganiga chin dildan tahsinlar o‘qib, muallifning tasavvur olamiga qoyil qolasiz.
Urush! Uning talafoti makonda ham, zamonda ham chegara bilmaydi. U ko‘plab begunohlar yostig‘ini quritadi. Ayollarni beva, bolalarni yetim qilib, ota-onalarni farzand dog‘ida qiynaydi.
Urush farzandi" asarida urushning yana bir yovuz jihati qalamga olingan. Garchi suroni bosilganiga ko‘p yillar bo‘lgan ersa-da, bir qizni hayoti davomida urush dahshati tinch qo‘ymaganiga, uning baxtsiz bo‘lib, jamiyatdan ayro bo‘lib qolganiga shohid bo‘lasiz. Beixtiyor tarixdagi eng og‘ir damlar borasida o‘yga tolasiz.
Ushbu to'lamda siz yozuvchi O'lmas Umarbekovning bar qator salmoqli hikoyalarini o'qishingiz mumkin. Mohir qalamkash turfa voqealarni hayotiy bo'yoqlarda aks ettira olgani e'tiboringizni tortadi. Ulardagi xulosalar esa sizni bir zum tin olib, mushohada yuritishga da'vat etadi.

