«Odam anatomiyasi. Bolalar anatomiyasi asoslari bilan» — A. Ahmedov va X. Rasulovning tibbiyot yo‘nalishi talabalari uchun yozilgan darsligi.
Darslikda odam tanasining tuzilishi, a’zolar va a’zolar tizimlarining rivojlanishi bayon etilgan. Kitobning o‘ziga xos jihati shundaki, unda kattalar anatomiyasi bilan birga bolalikning turli davrlarida organizm tuzilishida kuzatiladigan o‘zgarishlar ham yoritiladi.
Darslikdan anatomiya fanini o‘rganish, mashg‘ulotlarga tayyorlanish va o‘tilgan mavzularni takrorlashda foydalanish mumkin.
Mualliflar — A. Ahmedov, X. Rasulov
Nashr turi — bosma darslik
Tili — o‘zbek tili, lotin yozuvi

