Norveg yozuvchisi, Nobel mukofoti sovrindori Knut Hamsunning
"Ochlik" romanida yozuvchining Xristianiya (hozirgi Oslo)da ochlik va
muhtojlikda o'tgan yoshlik yillarining dahshatli manzaralari ko'rsatil-
gan. O'sha mash'um yillarda Hamsun o'z boshidan kechirgan, o'zi sho-
hid bo'lgan odamlar o'rtasidagi sovuq munosabatlarni roman sahifa-
lariga to'la-to'kis olib o'tgan. Mazkur roman odamlarning fe'l-atvori va
hayotiy muammolarini o'z sahifalarida shunday mohirona yoritganki,
bu yigirmanchi asr adabiyotiga xos bo'lgan yuksak xususiyat edi.
Aytish mumkinki, "Ochlik" Knut Hamsunga shon-shuhrat olib keldi
va uni Yevropaning eng yirik hamda iste'dodli yozuvchisi sifatida butun
jahonga tanitdi.

