Atrofdagi odamlarni kuzatamiz. Ularning boshlariga musibat, tashvish yoki kulfat tushganda osongina «Alloh mushkulingizni oson qilsin, dardingizni aritsin», deymiz. Ammo ularning ichki kechinmalari, o‘y-xayollari va hislari-chi?..
Ular bu bosqichdan qanday o‘tayotgan ekanlar?..
Nimalarni xayol qilib, nimalarni his etmoqdalar?..
Shuncha darddan keyin kulishga, tabassum qilishga qayerdan kuch topa olishdi ekan?..
Hayotning achchiq haqiqatlari bilan yuzlashgach, unga nisbatan karashlari o‘zgardimikan?..
Musibatzadalar boshiga kelayotganlarni mardonavor qarshi olishga tayyormi? O‘zi, aslida, inson bu hayotning shafqatsiz zarbalarini yengishga qodirmi? Aziz kitobxon, qo‘lingizdagi «Ochilmagan maktublar» sizga ushbu savollarga javob topishga yordam beradi degan umiddamiz.

