Izabella Kemkherst, ledi Trent, hayajonli xotiralarida tasvirlangan ajdarlar orasidagi g‘ayrioddiy sarguzashtlari bilan butun dunyoga mashhur. Odri Kemkherst bolaligidanoq tushunadi: agar u bir umr buyuk buvisining nabirasi bo‘lib qolishni istamasa, o‘zi tanlagan fan sohasi — tilshunoslikda ham sezilarli iz qoldirishi lozim. Qancha tez bo‘lsa, shuncha yaxshi. Bu yerda esa bundan yaxshiroq bahona topib bo‘lmaydi: qadimiy buyumlar to‘plovchi boy lord Glenli Odrini qadimgi Drakoniya sivilizatsiyasi sirlarini saqlovchi sopol lavhalarni o‘qib, tarjima qilish uchun yollaydi. Bu asar qizni isyon ko‘tarish va urush boshlashga qaratilgan ayyorona fitnaning qoq markaziga olib kelishini kim bilibdi deysiz? Bolalikdagi do‘sti va tilshunos hamkasbi, ajdaho olim Kudshayn bilan yelkama-yelka, Odri nafaqat ishni o‘z vaqtida tugatishi, balki fitnachilar muvaffaqiyatga erishmasidan oldin ularning aybini isbotlashi kerak edi.

