Taniqli olmon adibi, xalqaro Nobel mukofoti sohibi Hermann Hesse
asarlari nafaqat aholisining ko'pchiligi nemis tilida so'zlashuvchi mam-
lakatlarda, balki butun dunyoda mashhur.
Qo'lingizdagi «Nyurnbergga sayohat» nomli ushbu kitobdan Hesse-
ning shu nomli safarnomasi, «Kurortdagi kishi» qissasi hamda hikoya-
lari o'rin olgan.
Safarnomada yozuvchi Nyurnbergga amalga oshirgan ikki oylik
sayohati sarguzashtlarini qiziqarli tarzda bayon etgan bo'lsa, «Kurort-
dagi kishi» uning davolanish muolajalari davomida ko'rgan-kechirgan
voqealari, ichki tuyg'ulari va kechinmalarini ifodalaydi.
Hikoyalar esa rang-barang va qiziqarli bo'lib, unda tilga olingan sev-
gi-muhabbat, bolalik, tabiat haqidagi mavzular o'quvchilarni qiziqtiri-
shi, shubhasizdir.

