Wella Invigo Nutri-Enrich Frizz Control Cream — bu to'ziydigan sochlarni tez va qiyinchiliksiz silliqlaydigan hamda har bir quloq solmaydigan jingalakni jilovlaydigan kremdir. Krem tarkibiga alohida oziqlantiruvchi Nutri-Enrich majmuasi kiradi. Nutri Enrich majmuasi sochlarni ildizidan uchigacha oziqlantiruvchi, unga alohida yumshoqlik bag'ishlovchi va soch ichida zarur namlikni saqlaydigan oziqlantiruvchi ingredientlarga boy. O'zining unikal xususiyatlari tufayli godji mevalari — bu sochlar uchun taom kabidir.
Godji mevalari ekstrakti antioksidant sifatida ta'sir ko'rsatadi, u sochlarni yemiruvchi tashqi omillardan himoya qilishga yordam beradi va soch ichida namlikni saqlaydi. U kimyoviy shikastlangan, uchi gulflagan va namligini yo'qotgan sochlarning hayotiy kuchini tiklaydi.
Vosita tarkibiga kiruvchi pantenol sochga kirib boradi va uni ichkaridan hamda tashqaridan qayishqoq parda bilan o'rab oladi, moslashuvchanlik va elastiklikni oshiradi, kuchli yoshartiruvchi ta'sir ko'rsatadi va shikastlangan sochlarning tuzilishini tiklaydi.
Vitamini E – go'zallik va yoshlik vitamini, u antioksidant sifatida ta'sir ko'rsatib hamda hujayralarni oziqlantirib sochlarning sog'lom o'sishiga yordam beradi, shuningdek, tabiiy UF-filtr hisoblanadi va erkin radikallarning yemiruvchi ta'sirini neytrallashtiradi.
Krem sochlarni a'lo darajada namlaydi, ularni elastik, ipakdek hamda energiya va hayotiy kuchga to'la qiladi.

