Mazkur monografiyada nutqiy ta’sir masalasining kognitiv-pragmatik jihatlari, nutqiy muloqot va nutqiy ta’sirga oid muammolar, nutq bilan bog‘liq pragmatik masalalar hamda nutqiy xulq-atvor stereotiplari tahlil qilingan. Shuningdek, shaxsga nutqiy ta’sir ko‘rsatishning turli til sathlaridagi pragmatik vositalari, fonetik omillar, troplar, frazeologik va paremiologik birliklarning o‘rni hamda dialog yaratishda ishtirok etuvchi lisoniy birliklarning kognitiv-pragmatik imkoniyatlari yoritilgan. Monografiya tilshunos olimlar, tadqiqotchilar, magistrantlar va talabalar uchun mo‘ljallangan.

