Abdulla Qahhor adabiyotda juda katta muvaffaqiyat qozongan.
Uning har bir hikoyasi ixchamligi, ta’sirchanligi, tasvirning hayotiy va tabiiyligi, tili o'tkir, shirali va jozibaliligi bilan o‘ziga xos.
Ushbu kitobdagi hikoyalarda odamlar orasida uchrab turadigan illatlar, o‘tmishda hukm surgan ijtimoiy adolatsizlik, o‘sha davrdagi ayrim amaldorlarning kirdikorlari ba’zan hajv yo'li bilan, ba’zan esa o'quvchi qalbini larzaga solarli voqealar asosida tasvirlangan.
Kishilarning dard-u quvonchlari, orzu-armonlari umuman, hayotning og'riqli nuqtalarini teran nigohi ila tasvirlagan yozuvchi asarlarini o‘qib, so‘zning qudratini yana bir bor his etasiz, aziz o'quvchi.
ISBN: 978-9910-93-173-4
Muallif: Abdulla Qahhor
Til: O'zbekcha
Yozuv: Lotincha
Nashriyot: Turon zamin Ziyo
Muqovasi: Qattiq
Qog’oz formati: A5
Chop etilgan yili: 2024

