Bugungi jahon ilm-fanida, texnikasida hali sivilizatsiya avj olmagan, odamlari hamon ibtidoiy hayot kechirayotgan qishloq haqida eshitganmisiz? "Doktor" asarida shunday joy - tog‘dagi qishloq odamlarining g‘alati hayoti tasvirlanadi. Asar xayolni lol qoldiradigan, beixtiyor nafasni ichga yutadigan voqealarga to‘la. Sivilizatsiyadan mutlaqo yiroq tog‘ qishlog‘ida tibbiyot shu darajada rivojlanganki, hatto zamonaviy tibbiyot bilan bellasha oladigan darajaga yetgan. Ba’zi o‘rinlarda undan ham o‘tib tushadi. Bunday darajaga qanday erishish mumkin? Asarni o‘qib, bu savolga javob topasiz degan umiddamiz.

