Asar qahramoni tug‘ilgandanoq o‘zining qo‘rqinchli tashqi ko‘rinishi tufayli atrofidagilardan va jamiyatdan butunlay begonalashgan edi. Uni hamma shunchaki "Tasqara" deb atardi. Odamlarning masxaralari va sovuq munosabatidan qochib, u bor e'tiborini ilm-fanga va kitoblarga qaratadi. Yillar o'tib, u dunyo tan olgan, aql-zakovati bilan barchani lol qoldiradigan mashhur olim bo'lib yetishadi.
Ammo u shunchaki mashhurlik uchun qaytmagan edi. Qo'lidagi bilim va texnologiyalar yordamida u butun insoniyatni larzaga soladigan ishga qo'l uradi: dunyo bo‘ylab internet tarmog‘ini butunlay uzib qo‘yadi. Zamonaviy dunyo aloqasiz qolib, tartibsizlikka yuz tutarkan, hamma ushbu "halokat" ortida turgan insonni qidira boshlaydi. Bu uning shafqatsiz jamiyatdan olgan qasosimi yoki insoniyatni virtual qaramlikdan qutqarishga bo‘lgan so‘nggi urinishimi?

