Nurali Qobul - tarixchi, yozuvchi, shoir va tarjimon. Jamiyatdagi islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan shu jamiyat a’zolarining ma’naviy va intellektual darajasiga bog‘liq. Badiiy adabiyot esa har qanday inson ma’naviyatini shakllantirishda keng imkoniyatlarga ega. Shu ma’noda o‘zbek adibi Nurali Qobul ijodini tizimli o‘rganish zarurati yuzaga keladi.

