"Nur borki, soya bor" romanida yozuvchi inson taqdirini, uning hayot va o‘lim o‘rtasidagi lahzalik his-tuyg‘ularini yorqin tasvirlagan. Hayot deb atalmish o‘zan bo‘ylab suzish kerakmi yoki aksincha, oqimga qarshi suzib, haqiqat uchun kurashish kerakmi? Qalbga yaqin bu asar ana shunday savollarga qayerdan javob topish mumkinligi haqida o‘ylashga, fikrlashga chorlaydi.
Sherzod bir vaqtning o‘zida ham jurnalist, ham xalq dardi bilan yashaydigan, adolatni o‘ziga shior qilib olgan yigit. Kitobni o‘qir ekansiz, bu yigitni yaxshi ko‘rib qolasiz, dardlariga, o‘ylariga sherik bo‘lasiz, mutolaadan zavq olasiz.

