• Muqova - yumshoq
• Beti - 288
• Nashriyot - Nurli dunyo
"Nur borki, soya bor" romanida adib inson taqdiri, uning hayot va mamot oʻrtasidagi oniy lahzalik davr mobaynida boshidan kechirgan tuyg'ularini yorqin bo'yoqlarda tasvirlab bergan. Tiriklik atalmish daryo o'zanida hamma qatori birdek oqish kerakmi yoki aksincha, oqimga qarshi suzib, haqiqat uchun kurashish kerakmi? Mana shunday savollarga javob topish mumkin boʻlgan, ko'ngilga yaqin bu asar sizni o'ylashga, fikrlashga chorlaydi.
Sherzod ham jurnalist, ham xalq dardi bilan yashaydigan, haq-parastlikni oʻziga shior qilib olgan yigit. Kitobni o'qir ekansiz, bu yigitni yaxshi ko'rib, uning dard-u o'ylariga sherik boʻlib, mutolaa zavqidan bahramand boʻlasiz.

