Ultra konsentrlangan Effaclar sivorotkasi har qanday yoshdagi muammoli teri ehtiyojlarini hisobga oladi. Ushbu vosita uch xil yuqori konsentrlangan kislotalar kompleksini o‘z ichiga oladi, ular bir-birining ta’sirini to‘ldirib, nuqsonlarga qarshi kurashishda optimal natija beradi. Har kuni qo‘llanilganda sivorotka terini sezilarli darajada yangilaydi, yuz terisining mikrorelyefi va ohangini yaxshilaydi hamda postakne paydo bo‘lishining oldini oladi. Yengil, yopishqoq bo‘lmagan tuzilmasi tez so‘riladi va teri teshikchalarini berkitmaydi, mat effekt beradi hamda kundalik parvarish tartibingizni to‘ldiradi.
Qo‘llanilishi:
Tozalangan teriga bir necha tomchi surtib, massaj harakatlari bilan yoying, ko‘z atrofidagi hududdan saqlaning. Keyin teringiz holatiga mos keluvchi parvarish vositasini (namlovchi krem/flyuid, qarishga qarshi vosita va h.k.) qo‘llang. Har kuni SPF ≥ 15 bo‘lgan quyoshdan himoya qiluvchi vosita bilan birgalikda ishlating.

