Antioksidantlar – organizmimizning universal himoyachilari
Atrof-muhit ta’siri, quyosh nurlari, viruslar va infeksiyalar organizmning erkin radikal oksidlanish reaksiyalarini faollashtirishi va immunitetimizni zaiflashtirishi mumkin.
Bularning barchasi oksidlanish stressi bilan bog‘liq turli xil buzilishlarning paydo bo‘lishiga olib keladi:
• qarish jarayonlarining faollashuvi;
• yosh bilan bog‘liq kasalliklarning (qandli diabet, yurak va qon-tomir kasalliklari, semizlik) boshlanishi;
• organizm tomonidan onkonazoratning pasayishi;
• asab tizimidagi degenerativ o‘zgarishlar;
• ko‘rish funksiyasining pasayishi.
"NovoMin" kompleksi – organizmni kuchli antioksidant himoya qilish uchun maxsus dozalarda A, E va C vitaminlari manbai. Erkin radikallarni zararsizlantirish va oksidlanish reaksiyalarini to‘xtatish orqali mahsulot organizmni himoya qiladi, kuchli immunitet, salomatlik, go‘zallik va yoshlikni ta’minlaydi!
Mahsulot ilmiy yondashuv va 23 yildan ortiq tadqiqotlarga asoslangan.
"NovoMin"ning prototipi – "Reziston" kompleksi – professor V. N. Sukolinskiy (Minsk) tomonidan ishlab chiqilgan.
Professor T. S. Morozkina (Novosibirsk) tavsiyalariga ko‘ra, kompleks 2015-yilda qayta ishlangan va "NovoMin" (Novosibirsk + Minsk) nomini olgan.
Afsonaviy mahsulot noyob g‘oyaga asoslangan: A, E, C vitaminlarining kombinatsiyasi ularning har birining antioksidant faolligini bir necha baravar oshirishga qodir.
Qachon qoʻllash kerak?
• O'RVI, O‘RK.
• Murakkab epidemiologik vaziyat.
• O‘tkazilgan kasallik va stresslardan zaiflangan organizm.
• Nosog‘lom ekologik muhitda yashash.
• Intoksikatsiya va radiatsion nurlanish keltirib chiqaradigan boshqa holatlar.
Har bir kapsulada (YSEGT bo‘yicha adekvat iste’mol darajasiga nisbatan foizda):
• 200% C vitamini
Organizmda viruslarning hayot faoliyati jarayonida hosil bo‘lgan erkin radikallarni bog‘laydi.
• 267% E vitamini
Hujayra membranalarini oksidlanishli shikastlanishdan himoya qiluvchi universal protektor.
• 169% A vitamini
Epiteliy to‘qimasining tiklanishiga yordam beradi, infeksiyalarning organizmga kirishiga yo‘l qo‘ymaydi, teri va shilliq qavatlarni himoya qiladi.
Qoʻllanilishi
Standart doza
Kuniga 1 kapsuladan ovqat vaqtida. Bir oy, yiliga 2–3 marotaba.
SOS-kurs
Gripp va shamollash epidemiyasi davrida immunitetni qo‘llab-quvvatlash uchun SOS-kurs: 9 kun davomida kuniga 5 kapsuladan.

