«Yangi o‘quvchi» — Devid Almondning do‘stlik, maktab hayoti, boshqalarni qabul qilish va inson bo‘lish nimani anglatishi haqida yozilgan qiziqarli va mazmunli qissasi.
Asarning bosh qahramoni — Jorj ismli yangi o‘quvchi. O‘quv yili boshida u maktabga keladi va sinfdoshlari uning boshqalardan ancha farq qilishini darhol payqashadi.
Jorj g‘alati gapiradi, o‘zini noodatiy tutadi, juda tartibli yozadi va boshqa bolalar uchun oddiy bo‘lgan ko‘plab narsalarni go‘yo boshqacha tushunadi. Ammo u futbolni juda yaxshi o‘ynaydi, chipslarni yaxshi ko‘radi va asta-sekin sinfdoshlarining do‘stiga aylanadi.
Avvaliga bolalar Jorjni shunchaki biroz g‘alati yangi o‘quvchi deb o‘ylashadi. Ammo vaqt o‘tishi bilan uning katta siri ochiladi: Jorj oddiy bola emas. U maxfiy laboratoriyada yaratilgan robot bo‘lib, juda qimmat ilmiy loyiha hisoblanadi. Eng yomoni, uning mavjudligi cheklangan va tez orada uni yo‘q qilish xavfi paydo bo‘ladi.

