Deyv Ulrich dunyodagi №1 HR mutaxassisi. Michigan universiteti qoshidagi Stiven M. Ross biznes maktabining biznes boshqaruvi professori. RBL Group konsalting kompaniyasining hamkori. Uning mijozlarining yarmidan ko'pi Fortune 200 kompaniyalaridir.Dunyoning eng nufuzli biznes mutafakkirlaridan biri sifatida Thinkers50 shon-sharaf zaliga kiritilgan. Artur Jung dunyodagi eng yirik investitsiya va venchur kapital firmalaridan biri bo'lgan Tencent Group kompaniyasining boshqaruv bo'yicha katta maslahatchisi. CEIBS xalqaro biznes maktabining kadrlar boshqaruvi kafedrasi professori. U muntazam ravishda Garvard, INSEAD va Michigan universiteti bilan hamkorlikda ijrochi dasturlarda dars beradi. Acer Group kompaniyasining sobiq HR direktori.

