
Lenovo IdeaPad Slim 3 15AMN8 — o‘qish, ofis ishlari va kundalik vazifalar uchun qulay universal noutbuk. Qurilma 4 yadro va 8 patokka ega AMD Ryzen 5 40 protsessorida ishlaydi. Uning chastotasi 2,8 GGs dan 4,3 GGs gacha yetadi. Integratsiyalashgan AMD Radeon 610M grafikasi ofis dasturlari, video, brauzer va oddiy grafik vazifalar uchun mos.
Model 8 GB LPDDR5-5500 tezkor xotira va 512 GB SSD bilan jihozlangan. Tezkor xotira tizim platasiga o‘rnatilgan, ikki kanalli rejimda ishlaydi va uni keyinchalik kengaytirish uchun alohida slot mavjud emas. M.2 NVMe SSD dasturlar va fayllarning tez yuklanishiga yordam beradi.
15,6 dyuymli Full HD IPS displey 1920 × 1080 piksel o‘lchamga ega. IPS versiyada 300 nit yorqinlik, 800:1 kontrast va ko‘zni kamroq chalg‘itadigan xira qoplama qo‘llanadi. Keng ko‘rish burchaklari hujjatlar, jadvallar va multimedia bilan ishlashda qulaylik yaratadi.

Ulanish uchun ikkita USB-A 3.2 Gen 1, DisplayPort 1.2 va Power Delivery 3.0’ni qo‘llab-quvvatlovchi USB-C 3.2 Gen 1, HDMI 1.4b, 3,5 mm audio port va karta o‘quvchi mavjud. Klaviaturadagi alohida raqamli blok hisob-kitob va elektron jadvallar bilan ishlash uchun qulay.
Arctic Grey rangidagi korpusning qalinligi 17,9 mm, og‘irligi esa 1,62 kg dan boshlanadi. 47 Vt·soatli akkumulyator noutbukni mobil ish va o‘qish uchun qulay qiladi. Model operatsion tizimsiz yetkazib beriladi, shuning uchun foydalanuvchi kerakli tizimni mustaqil o‘rnatishi mumkin.

