Noutbook va hujjatlar uchun premium sifatdagi sumka (14-15.6 dyuym)
Zamonaviy hayot ritmiga moslashtirilgan ushbu sumka o'zida qulaylik, funksionallik va ishonchlilikni mujassam etgan. Noutbukingizni xavfsiz olib yurish va kundalik ishlaringizni tartibga solish uchun eng ideal tanlov!
Asosiy xususiyatlari va afzalliklari:
Universal o'lcham: 14 dan 15.6 dyuymgacha bo'lgan barcha turdagi noutbuklar hamda A4 formatdagi hujjatlar uchun to'liq mos keladi.
Suv va zarbadan himoya: Yuqori sifatli, suv qaytaradigan (vodonepronitsayemiy) va chidamli matodan tayyorlangan. Ichki qoplamasi texnikangizni tirnalish va yengil zarbalardan asraydi.
Aqlli dizayn va sig'imdorlik: Noutbuk uchun mo'ljallangan asosiy himoya bo'limidan tashqari, zaryadlovchi qurilma, sichqoncha, quvvat banki (powerbank), daftar va mayda aksessuarlar uchun qulay cho'ntaklarga ega. Hamma narsa o'z joyida va tartibli turadi.
Sayohatlar uchun qulaylik: Orqa qismidagi maxsus tasma yordamida sumkani chemodan tutqichiga osongina va ishonchli qotirish mumkin. Xizmat safarlari va uzoq yo'lda qo'llaringiz erkin bo'ladi.
Olib yurishning 2 xil usuli: Mustahkam va qulay tutqichlar orqali qo'lda olib yurish yoki yechib olinadigan, uzunligi sozlanuvchi kamar yordamida yelkada osish mumkin.
Uniseks uslub: Har qanday kiyim uslubiga mos tushuvchi, erkaklar va ayollar uchun, shuningdek ofis va talabalar uchun birdek tavsiya etiladigan zamonaviy dizayn.
Ish, o'qish va sayohat uchun mukammal hamroh. O'zingiz yoki yaqinlaringiz uchun foydali va qimmatli sovg'a!

