Hayotning har parchasi she'r, insonning har nafasi ijod. Faqat dildagi iztirob bo'laklarining tilga ko'chgan ifodalari adabiyotning ne bir shakli bo'lib o'quvchilarga yetib boradi. So'zga aylanmay qolganlari esa undan ham bisyor bo'ladi odam ko'nglida. Taniqli shoir Nosirjon Jo'rayevning ushbu to'plamiga ijodkorning yillar davomida avval yurakda pishib, so'ng so'zda qayralib yetilgan she'rlari kiritilgan. Ulardan qanchasi allaqachon ijtimoiy tarmoqlar orqali sevimli bo'lib ham ulgurgan. Ammo aziz o'quvchilarga bu she'rlarni yaxlit kitob holida taqdim qilishning ham o'z zavqi bor.
ISBN : 9789910575341
Muqova materiali : Qog‘oz
Qog‘oz formati : А6
Muqovasi : Qattiq
Betlar soni : 240
Ishlab chiqaruvchi mamlakat : O‘zbekiston
Chop etilgan yili : 2026
Nashriyot : Adabiyot
Yozuv : Kirillcha
Til : O'zbekcha
Sahifalar yuzasi : yaltiroq
Muallif : Носиржон Жўраев

