Zamonaviy yapon adabiyotining ko'zga ko'ringan vakillaridan biri
bo'lgan Haruki Murakamining "Norveg o'rmoni" romani 1987-yilda
yozilgan va muallifiga dunyo miqyosida shuhrat keltirgan asarlaridan
biridir.
Roman yoshlar orasida juda mashhur bo'lishiga sabab, unda muallif
hali jismoniy yoki psixologik jihatdan tayyor bo'lmagan holda kattalar-
ning murakkab dunyosiga kirish uchun bolalikdan voz kechish jarayo-
nini boshdan kechirayotgan yapon yoshlari hayotining samimiy port-
retini chizadi.
"Norveg oʻrmoni" - bu yolg'izlik, melanxoliya va umidga asoslan-
gan fojiali sevgi tarixigina emas, mulohazaga boy va o'ylashga undovchi
roman hamdir. O'zgacha ritmga ega, sodda boʻlishiga qaramay, diqqat
bilan o'qib chiqqan o'quvchi yillar davomida yechim izlagan muammo-
lari mohiyatini anglab yetishi mumkin.

