Normurod Norqobilov hozirgi kunda samarali ijod qilayotgan qalamkashlardan biridir. Adibning e'lon qilinayotgan qissa, hikoyalaridagi obrazlarning o'ziga xosligi, qahramonlarning quvonch-u iztiroblari, xalqona va shirali tili kitobxonlar nazariga tushdi. Yozuvchining kitoblari o'quvchilar mehrini qozondi.
"Adadsiz azob" nomli qissada muallif tasodifan cheksiz boylikka ega chiqqan Nodir cholning tashvish-u o'ylarini qalamga olgan. Turmush o'rtog'idan erta ayrilgan bu qariya yolg'izlikdan azoblanadi. Buning ustiga Norqo'zi polvondan qolgan tillolar fikr-u o'yini band etgan. Yozuvchi bu asarida boylik har doim ham insonga baxt keltiravermasligini, asl baxt insonlarning, ayniqsa farzandlarning mehr-u oqibatida ekanligi yorqin bo'yoqlarda tasvirlab bergan.
Shuningdek, ushbu to'plamdan Normurod Norqobilovning eng sara hikoyalari o'rin olgan.

