AfzalliklariMen odatda sezgir terim borligi uchun ko'pikli cleanserlarni sinab ko'rib, ko'pincha yuzim tortilib qolardi yoki qizarish paydo bo'lardi. Bu safar esa dispenser bosdim, ozgina suv bilan aralashtirdim – zich, yumshoq ko'pik chiqdi. Yuzga surtganimda massaj qilgandek yumshoq, iflosliklarni yaxshi olib tashladi, lekin hech qanday tortilish sezmadi.
Kamchiliklarikamchilik yoq.
IzohOriginal ekan ☺️Yuvib bo'lgach terim toza, lekin quruq emas – aksincha, biroz nam va silliq qoldi. pH 5 atrofida ekan, shuning uchun teri muvozanatini buzmaydi, bu men uchun katta plyus. Himalayan tuzi o'lik hujayralarni yumshoq tozalaydi, lemongrass ekstrakti esa yog'ni nazorat qiladi va porlarni biroz toraytirgandek tuyuldi. Hid ham engil, tabiiy – og'ir emas, yoqimli.
Sezgir terimga mos keldi, ertalab va kechqurun ishlatyapman, hech qanday muammo yo'q. Double cleansingda oil keyin shu ko'pik – eng yaxshi kombinatsiya bo'ldi