Oʻzingizga qarashdagi barcha ehtiyojlaringiz uchun 22 ta instrument.
Bizning trimmerimiz 22 ta nasadka bilan taqdim etiladi. Ular yuzdagi tuklarni tekislash va shakl berish, sochlarni qisqartirish hamda tana parvarishini amalga oshirishga yordam berib, barcha ehtiyojlaringizni qulay tarzda qondiradi.
Mukammal obrazingiz uchun aynan kerakli uzunlikda tekis kesish.
1 mm dan 3 mm gacha 0,2 mm qadamli 11 ta uzunlik sozlamasiga ega yuqori aniqlikdagi tarogʻimiz ideal koʻrinish yaratish uchun xohlagan uzunligingizda maksimal aniqlikda tekislashni taʼminlaydi.
Maksimal aniqlik va uzoq muddat xizmat qilish.
Oʻz-oʻzini charxlaydigan poʻlat tigʻlar birinchi kundagidek oʻtkirligini saqlab qoladi, moylashni talab qilmaydi va sochlarni qisqartirishda maksimal aniqlik uchun qoʻshimcha mustahkamlik beradi.
Eng injiq soqollarni ham samarali tekislash.
BeardSense texnologiyasi tufayli trimmerimiz soqolingiz qalinligini sekundiga 125 marta skanerlaydi va qalinroq joylarda quvvatni oshiradi. Bu eng yaxshi natijaga erishish uchun optimal quvvatni tanlash imkonini beradi.
Obrazingizga aniqlik va silliqlik bagʻishlang.
Trimmer jamlanmasiga 0,5 mm dan 16 mm gacha (0,2 mm gacha aniq qadam bilan) 28 ta uzunlik sozlamasiga ega koʻp funksiyali taroq-nasadka kiradi, shuning uchun soqolingizni uzun ham, kalta ham shakllantirishingiz mumkin. Aniq kesish uchun moʻljallangan tor konstruksiyali trimmer aniq chiziqlar va kichik detallarni yaratish uchun qoʻshimcha aniqlik beradi, metall trimmer esa soqolga aynan sizga yoqadigan koʻrinishni berish uchun yuz, dahan va boʻyin qismlarini tozalaydi.
Tana tuklarini samarali qisqartirish.
Taroq-nasadkalar yordamida tanadagi tuklarni samarali tekislang.
Kalta vaqt ichida oʻz turmakingizni yarating.
Bir oʻtishda samaraliroq kesish uchun ishlab chiqilgan 41 mm kenglikdagi zanglamaydigan poʻlatdan yasalgan oʻta keng soch oluvchi mashinka yordamida endi sochingizni 30% ga tezroq qisqartirishingiz mumkin.*** U universal va foydalanishda oddiy boʻlib, 4 mm, 9 mm, 12 mm va 16 mm kenglikdagi rostlanuvchi taroq-nasadkalar orqali mukammal natijaga erishish imkonini beradi.
Detallarga aniqlik kiriting.
Burun va quloqlar uchun trimmer-nasadka keraksiz tuklarni tez va xavfsiz olib tashlaydi. Qoshlar uchun maxsus taroq yordamida esa qoshlaringizni osongina tartibli va parvarishlangan holatda saqlashingiz mumkin.
Yuqori unumdorlik — bir marta quvvatlashda 10 haftagacha.
Uzoq muddat xizmat qiluvchi litiy-ionli akkumulyatorimiz 5 minutlik tezkor quvvatlash imkoniyati bilan 5 soatgacha ishlashni taʼminlaydi va trimmerning uzluksiz, kuchli ishlashiga kafolat beradi.
Toʻliq suv oʻtkazmaydigan: quruq va hoʻl holda foydalanish uchun qulay.
Toʻliq suvga chidamliligi tufayli trimmerdan quruq va hoʻl holatda foydalanish mumkin, bu har safar qulaylik yaratadi. Bundan tashqari, uni tozalash juda oson.
Har bir soqol olish va tekislashda ogoh boʻling.
Akkumulyator zaryadi indikatori har doim uning holatidan xabardor qiladi: past zaryad darajasi, toʻliq zaryad, quvvatlanish jarayoni ketayotgani — bu sizga navbatdagi parvarish jarayoniga har doim tayyor turishingizga yordam beradi.
Ushlab turish va boshqarish uchun qulay.
Zanglamaydigan poʻlatdan yasalgan ushbu yuqori sifatli trimmer ergonomik rezinalangan tutqichi tufayli foydalanishda qulay, mukammal nazorat va shinamlikni taʼminlaydi.

