O‘zbekiston xalq yozuvchisi, isteʼdodli adib Hakim Nazir o‘nlab hikoyalar, qissalar, pyesalar, ocherklar muallifidir. U badiiy asarlarida - ular xoh hikoyalar, xoh bolalar uchun qissalar bo‘lsin, hamma-hammasida insonlardagi maʼnaviy - axloqiy fazilatlarni ardoqlashga, ulug‘lashga intilgan. Uning o‘nlab kitoblari rus, qozoq, qirg‘iz, turkman, tojik, gruzin, arman, ukrain, belorus, latish, litva, eston, nemis, fransuz, ispan, bulg‘or, chex, mo‘g‘ul tillariga tarjima qilingan.
""Hikoyalar xazinasi" rukni ostida "Nomi chiqmagan xotin" kitobiga adibning eng sara hikoyalari jamlangan bo‘lib, ushbu hikoyalarida turlit xarakterdagi insonlarning taqdiri, kechinmalari, o‘y-fikrlari, voqea-hodisalar o‘ziga xos sanʼatkorona tarzda hayotiy tasvirlangan. Taqdim etilayotgan hikoyalarda o‘sha davr ruhini saqlab qolish qolish maqsadida shaharlar va atamalar nomi asliyatga asosan qoldirildi.
Mazkur hikoyalar to‘plami barcha yoshdagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, kitob javonlariga eng yaxshi tuhfa bo‘ladi, degan umiddamiz.

