Avstriya yozuvchisi Stefan Sveygning asarlari ayol qalbining
nozik kechinmalarini haqqoniy va bor murakkabligicha tasvirlab
berishi bilan ajralib turadi. Bu xususiyat, ayniqsa, uning
«Murabbiya», «Noma'lum ayol maktubi», «Bir ayol hayotidan
yigirma to'rt soat» kabi novellalarida yaqqol ko'rinadi.
E'tiboringizga havola etilayotgan kitobga ham biz adibning
eng sara asarlarini jamladik. Ishonchimiz komil, bu asarlarni
o'qiganingizda qalbingizda avvallari hech qachon tuymagan
noaniq bir tuyg'uni his etasiz. Bu tuyg'u sabab odamlar olomoni
ichida aslida sizning kim ekanligingiz, maqomingiz qanday - shu
kabi savollarga voqealar silsilasi, qahramonlar ichki olami bilan
tanishish asnosida yechim topasiz.

