• • Turi: sirg‘aluvchi baliq ovlash yuki
• • Shakli: nok (grusha)
• • Og‘irligi: 110 gramm
• • Miqdori: 10 dona
• • Materiali: qo‘rg‘oshin
• • Markaziy skvoz teshik
• • Oqimda yuqori barqarorlik
• • Uzoq masofaga tashlash uchun qulay
• • Havaskor va professional baliqchilar uchun mos
Sirg‘aluvchi “Nok” shaklidagi baliq ovlash yuklari uzoq masofaga aniq tashlash va oqimda barqaror ushlab turish uchun mo‘ljallangan. Maxsus shakli suv qarshiligini kamaytiradi va jihozning tabiiy harakatlanishiga yordam beradi. Markaziy teshikli sirg‘aluvchi konstruksiya baliqning yemni erkin tortishiga imkon berib, ehtiyotkor baliqlarni ovlashda samaradorlikni oshiradi.
Yuklar sifatli qo‘rg‘oshindan tayyorlangan bo‘lib, mustahkamligi va uzoq xizmat muddati bilan ajralib turadi. Daryo, kanal, ko‘l va suv omborlarida foydalanish uchun mos keladi. Feeder, donka va boshqa tubdan ovlash usullarida keng qo‘llaniladi.

