Imkoniyatlar:
Yengil va ixcham - atigi 35 kg og‘irlikda, istalgan joyga olib yurish oson. Avtomobil yukxonasiga ham bemalol joylashadi.
Kuchli va ishonchli - 250 Vt quvvatga ega ikkita motor har qanday yo‘llarda barqaror harakatlanish imkonini beradi.

Uzoq masofa - zamonaviy batareya yordamida bir zaryad bilan 20 km gacha yurishingiz mumkin.
Qulay boshqaruv - ergonomik joystik yordamida harakatni barmoq uchida boshqarasiz, 5 xil tezlik rejimi esa har bir holat uchun moslashadi.

Maksimal xavfsizlik - elektromagnit tormoz, kuchli rama va barqaror g‘ildiraklar sizning xavfsizligingizni ta’minlaydi.
Har bir detal o‘ylangan - sozlanadigan oyoq va orqa suyanchiq, keng va yumshoq o‘rindiq, zamonaviy dizayn.
Kimlar uchun:
Tayanish-harakat tizimi muammolari bo‘lganlar
Oyoq jarohati yoki operatsiyadan so‘ng tiklanayotganlar
Yoshi katta, mustaqil harakatlanishni xohlaydigan insonlar uchun

