"Bu kitobning bosh qahramoni Jakeli degan qaysar, o‘jar yigit. O‘jar fe’l-atvori tufayli uni yig‘ilishlarda turtib, kaltaklashadi. Jakelining hayoti ko‘plab yoshlarga xos: u institutga kirishga tayyorgarlik ko‘radi, sevadi, seviladi va vaqt o‘tishi bilan harbiy xizmatga boradi. Uni doimo yetimlik azobi ta’qib qiladi - ota-onasi avtohalokatda vafot etgan. Jakeli ozgina bo‘lsa ham tasalli topish uchun onasi bilan yolg‘iz suhbatlashadi, o‘z kechinmalari bilan o‘rtoqlashadi. Chegarachilar hayoti uni juda chiniqtiradi, qarashlarini juda o‘zgartiradi. Jaklining kitob muallifi bilan uchrashuvi ham unga o‘zgacha joziba bag‘ishlaydi. Bunda gruzin adibining adabiy mahorati, qahramonlar xarakterini ochishdagi iste’dodi, boy tili yaqqol namoyon bo‘ladi.
Jakeli his-tuyg‘ularga to‘lib-toshgan holda beva ayolni sevib qoladi va muhabbat o‘tida yonadi, bu ham yetmagandek, shafqatsiz olov ichida qoladi. Harbiy xizmatni tugatgandan so‘ng, sevimli va kichkina ayiqcha o‘z tarbiyachisini yo‘qotdi. Endi nima bo‘ladi?.. Roman ana shunday ajoyib voqealar bilan yo‘g‘rilgan.
Asar keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

