Lidiya Krou oilasi haqida Londonda mash’um afsonalar yuradi. Aytishlaricha, uning ajdodlari qadimiy sehrga ega bo‘lgan va hozirgacha poytaxtning jinoyat olamini yashirincha boshqarib kelishmoqda. Lidiyaning o‘zi esa oilaviy sirlar va tinimsiz mish-mishlardan iloji boricha uzoqroq yurishga harakat qilib, allaqachon sokin Shotlandiyaga qochib ketgandi. Biroq kutilmagan qo‘ng‘iroq uning osoyishta hayotini izdan chiqaradi: nufuzli Charli amaki qizdan oilasiga qaytishni so‘raydi. Uning amakivachchasi bedarak yo‘qolgan va faqat Lidiya uni topishga qodir. Yomg‘irli Londonga qaytgach, qahramon tashlandiq qahvaxonaga joylashadi va u yerda g‘ayritabiiy kuch bilan yuzma-yuz keladi. U o‘zini anglashi, uyg‘onayotgan mistik iste’dodini anglab yetishi va ortidan ergashib kelayotgan politsiya inspektorining qarmog‘iga ilinib qolmasligi kerak. Har bir burchakda oilaviy sirlar yashiringan xavfli o‘yin boshlanadi.

