noblechairs LEGEND Starfield Edition — Starfield olamidan ilhomlangan premium va limitlangan gaming kreslo. Ichki sozlanadigan bel tayanchi, 4D qo'l tayanchlari, premium PU charm, Cold Foam va alyuminiy baza bilan jihozlangan. Maksimal yuklama — 150 kg.
noblechairs LEGEND Starfield Edition — Germaniyada ishlab chiqilgan va mashhur Starfield olamiga bag'ishlangan eksklyuziv premium kreslo. LEGEND platformasi asosida yaratilgan ushbu model zamonaviy ergonomika, yuqori sifatli materiallar va maksimal qulaylikni birlashtiradi.
Kreslo Starfield uslubidagi noyob ranglar va futuristik dizaynga ega bo'lib, uning limitlangan kolleksiya ekanligini ta'kidlaydi.
Qoplamasi premium PU charm materialidan tayyorlangan bo'lib, aşinishga chidamli va parvarishi oson. Ichki qismi yuqori zichlikdagi Cold Foam bilan to'ldirilgan bo'lib, uzoq yillar davomida shaklini saqlaydi.
Modelning asosiy afzalligi — ichki sozlanadigan bel tayanchi. Maxsus aylantirish mexanizmi yordamida bel qismini foydalanuvchiga moslab sozlash mumkin. Bu umurtqa pog'onasining tabiiy holatini saqlashga va beldagi zo'riqishni kamaytirishga yordam beradi.
Keng o'rindiq, ergonomik suyanchiq, yumshoq qoplamali 4D qo'l tayanchlari, balandlikni sozlash, tebranish mexanizmi va orqa suyanchiqni 135° gacha egish funksiyasi uzoq vaqt ishlash va o'yin davomida maksimal qulaylik yaratadi.
Mustahkam po'lat karkas, alyuminiy baza va 60 mm poliuretan g'ildiraklar kresloga yuqori barqarorlik hamda jim harakatlanishni ta'minlaydi.
Afzalliklari:

