To‘qqiz asrdan ortiq vaqt davomida bizning qo‘limizda bo‘lgan ushbu kitob ko‘plab xalqlarning hukmdor va hokimlari, mutafakkir va ijodkor shaxslar, turli tillarda so‘zlashuvchi butun ziyolilar e’tiborini tortdi. Hatto G‘arb davlatlarida ham bu kitob davlat va jamiyatni boshqarish, din va e’tiqod sofligini, yurt yaxlitligi va daxlsizligini saqlash, fuqarolarning huquq va farovonligini himoya qilish, xalqni ana shu talablarga javob beradigan yetuk rahbarlar bilan ta’minlash borasida qimmatli qo‘llanma, jozibali badiiy asar, azaliy tarixiy manba sifatida e’tirof etilgan.
Ushbu kitob tarixchilar, siyosatchilar va siyosatshunoslar, faylasuflar hamda ushbu masalalarga qiziquvchi keng jamoatchilik uchun mo‘ljallangan.
Fors tilidan tarjima qilingan, so‘zboshi va eslatmalar Shodmon Vohid va Aftondil Erkinov.

