##1 New York Times bestsellerlari muallifi
Buyuk Britaniyada 1-raqamli bestseller.
Boldachchining romanlari dunyo bo‘yicha 150 000 000 nusxadan ortiq sotilgan.
Boldachchining eng yangi va yorqin qahramoni - FQB maxsus agenti Etli Payndir.
Etli Paynning xotirasida po‘lat tikan kabi xotira o‘rnashib qolgan: u olti yoshda va ularning uyiga bostirib kirgan erkak bolalarcha sanash orqali u va egizak singlisi Mersi o‘rtasida tanlov qiladi. Mersi ustida to‘xtaydi va uni o‘zi bilan olib ketadi. Etli singlisini boshqa hech qachon ko‘rmadi...
O‘ttiz yil o‘tgach, Federal qidiruv byurosi maxsus agenti Payn haddan tashqari kuch sarflab, o‘g‘ri Ito Vinchenso ismli shaxsni aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Ammo u allaqachon izsiz g‘oyib bo‘lgan. Biron-bir kalavaning uchini topish uchun u oxirgi marta ko‘rilgan joyga, Nyu-Jersiga yo‘l oladi. Vinchensoning nabirasi Toni yashaydigan uyga.
O‘ttiz yil o‘tgach, Federal qidiruv byurosi maxsus agenti Payn haddan tashqari kuch sarflab, o‘g‘ri Ito Vinchenso ismli shaxsni aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Ammo u allaqachon izsiz g‘oyib bo‘lgan. Biron-bir kalavaning uchini topish uchun u oxirgi marta ko‘rilgan joyga, Nyu-Jersiga yo‘l oladi. Vinchensoning nabirasi Toni yashaydigan uyga.
Etli u bilan shunchaki gaplashmoqchi bo‘ladi, biroq Toni eshik taqillashi va ayol ovozini eshitishi bilan yugurib chiqib ketadi. Payn quvishga tushadi va vahshiyona qo‘rquv bilan quvlayotgan qochoqni quvib yetishdan umidini uzib, ogohlantiruvchi o‘q uzmoqchi bo‘ladi. Lekin nasib qilmadi. Qayerdandir o‘ng tomondan uni yiqitadigan zarba oladi. O‘rnidan turgach, unga qarab o‘q uzilganini ko‘radi...
Devid Boldachchi o‘tkir syujetli janrning haqiqiy klassikasidir. U 45 dan ortiq tillarga tarjima qilingan va 80 dan ortiq mamlakatlarda 150 000 000 dan ortiq nusxada chop etilgan 40 dan ortiq asarlarini nashr etdi; uning har bir romani xalqaro mega bestsellerga aylandi. Uning nomi Xalqaro kriminal yozuvchilar shon-shuhrat zaliga kiritilgan. Devidning romanlarini AQSH prezidenti Bill Klinton o‘zining sevimli asarlari qatoriga kiritgan. Uning "Mutlaq hokimiyat" romani asosida xuddi shu nomdagi kinoblokbaster suratga olingan, rejissyor va bosh rolni Klint Istvud ijro etgan. Shuningdek, Devidning romanlari asosida mashhur "King va Maksvell" (2013) teleseriali suratga olingan. Buning ustiga, 1997-yilda "Pipl" jurnali Boldachchini sayyoramizdagi eng go‘zal 50 kishi ro‘yxatiga kiritdi.

