Nikolay Vasilyevich Gogol (1809-1852) - rus yozuvchisi.
Rus adabiyotida tanqidiy realizmga asos solgan. A.S. Pushkin bilan uchrashuvi (1831) Gogol ijodida burilish yasadi.
Gogol Sankt-Peterburg universitetining umumtarix kafedrasida professor bo'lib ishladi (1834). Bu unga tarix bilan chuqurroq tanishish imkonini berdi.
Adib "Taras Bulba" (1835) qissasida ukrainlarning polyaklarga qarshi kurashini yoritadi. Asarning asosiy uch qahramoni - Taras Bulba, uning ikki o'g'li Ostap va Andriy.
Xo'sh, Taras Bulba kim o'zi: bosqinchimi yoki yurtini
bosqinchilardan tozalashga uringan qahramonmi?
Uning kichik o'g'li Andriy sotqinmi yoki adolat tarafdorimi?
Ostap otasi (Taras Bulba) bilan ukasi (Andriy) orasidagi ziddiyatli munosabatda kim tomonida boladi va uning taqdiri qanday yakunlanadi?
Bu savollarga kitobni o'qish davomida javob olasiz.
Marhamat, zavq bilan o'qing!

