O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida yangi kitob
Iste’doli shoir, yozuvchi, tarjimon, “Do‘stlik” ordeni sohibi Nikolay Ilinning “Hayot go‘zal g‘oyat” nomli kitobi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida nashrdan chiqdi.
Kitobdan adibning she’rlari, hikoyalari, hayotiy latifalari hamda adabiy-tanqidiy maqolalari joy olgan.
Nikolay Ilin ijodida sharqona ruh ustuvor. Uning she’r va hikoyalarida o‘zbekona hayot, yurtimiz manzaralari, uning tobora o‘zgarib borayotgan bugungi kunlari g‘oyat go‘zal, samimiy tasvirlanadi.
Kitob bilan tanishib borarkansiz, shoir-adib qalbida o‘zbek xalqiga, O‘zbekistonga bo‘lgan katta meh-muhabbat borligini his qilib turasiz.
U Toshkent bog‘ va xiyobonlari, Samarqand obidalari haqida mehr bilan yozadi. O‘zbek xalqining milliy urf-odatlari, o‘ziga xosligi, xalqimizdagi bag‘rikenglik, do‘stga bo‘lgan sadoqat, oqibatni ulug‘laydi.

