"Men so‘rasang, Petrovich, nima... shinelning o‘zi-ku, suknodan... mana, ko‘r: boshqa yerlari hammasi butun... O‘zi biroz tutilgan, ko‘zga eskirak ko‘rinadi, lekin o‘zi yap-yangi, yolg‘iz mana bu birgina joyi, orqasi biroz anaqaroq... undan keyin mana bu yelkasi yana jindek ishqalgan, mana bu yelkasi birozgina... ko‘rdingmi? Mana shu xolos, Ozgina ish o‘zi..."
Cho‘lpon tarjimasi

