«Nikoh axloqi» — Muhammad Amin Yildirim qalamiga mansub, nikoh va oilaviy hayotning ma’naviy-axloqiy jihatlarini yorituvchi asar.
Kitobda oila qurishdan maqsad, nikohning qadri, er-xotinning bir-biri oldidagi burch va mas’uliyatlari haqida atroflicha so‘z yuritiladi.
Shuningdek, yangi turmush qurgan oilalarda dastlabki oylarda uchraydigan sinovlar, kelin-qaynona, kuyov va qaynota-qaynona munosabatlari, oilada mehr-oqibat, hurmat va o‘zaro tushunish masalalari yoritilgan.
Asar o‘quvchini oilaviy hayotga mas’uliyat bilan qarashga, turmush o‘rtog‘iga hurmat ko‘rsatishga va mustahkam oila qurish yo‘lida ma’naviy qadriyatlarga amal qilishga undaydi.
«Nikoh axloqi» nikohga tayyorgarlik ko‘rayotganlar, yosh oilalar va oilaviy munosabatlarga qiziquvchi kitobxonlar uchun foydali manbadir.
Muallif: Muhammad Amin Yildirim
Tarjimonlar: Umida Shuhratulla, Nargiza Eshqulova
Nashriyot: Zumar Books
Betlar soni: 176
Til: O‘zbek tili

