NIIMBOT 40×30 mm termo yorlig’i, bir rulonda 230 dona. Siyoh va lenta kerak emas: yozuv printer issiqligi bilan chop etiladi, shuning uchun aniq va tiniq chiqadi. Original rulonni printer o’zi tanib oladi, uni o’rnatgan zahotiyoq chop etishni boshlash mumkin.
Ayniqsa atir moylari flakonlarini nomlash uchun qulay. Shuningdek, oziq-ovqat, idish va ziravorlar, narx yorlig’i, ombor hisobi, hujjat papkalari, kabel va texnikani belgilashga mos. Yorliq namga, yog’ga va kirga chidamli, istalgan yuzaga mahkam yopishadi.
Mos printerlar: B1, B1 Pro, B21, B21S, B21 Pro, B2, B2 Pro, B3S, B31, B4, K3.

