NIIMBOT D110M — cho’ntakka sig’adigan ixcham termo yorliq printeri. Telefondan bir bosishda nomlar, sanalar, belgilar, shtrix-kod va QR-kodli yorliqlarni chop etadi. Siyoh va kartrij kerak emas, chunki yorliq issiqlik yordamida chop etiladi.
Printer telefonga Bluetooth orqali ulanadi. Yorliqlar NIIMBOT ilovasida (iOS va Android uchun bepul) yaratiladi: matn, stiker, rasm, QR-kod, shtrix-kod, jadval qo’shish, skanerlash va ovoz bilan yozish mumkin. Yorliq rulonini printer o’zi aniqlaydi. Ichidagi 1500 mAh batareya USB-C orqali zaryadlanadi. Og’irligi atigi 149 g bo’lgani uchun istalgan sumkaga sig’adi.
Ayniqsa atir moylari shishalarini nomlash uchun juda qulay. Shuningdek, oshxona idishlari va ziravorlar, oziq-ovqatning yaroqlilik muddati, maktab daftarlari, ofis papkalari, narx yorliqlari hamda kabel va simlarni belgilash uchun mos.
Printer faqat original premium yorliq rulonlariga chop etadi, boshqa ishlab chiqaruvchilarning yorliqlari bilan ishlamaydi. Qo’shimcha original rulonlar alohida sotiladi.
Chop etish usuli: termo (siyohsiz)
Aniqligi: 203 dpi
Chop etish kengligi: 15 mm gacha
Tezligi: 40 mm/s gacha
Ulanish: Bluetooth
Batareya: 1500 mAh
Zaryadlash: USB-C
O’lchami: 98 × 76 × 30 mm
Og’irligi: 149 g
Kafolat: 1 yil
Komplektda: NIIMBOT D110M printer, original yorliq rulon (12×40 mm), USB-C zaryadlash kabeli va foydalanish qo’llanmasi (har biri 1 dona).

