NIIMBOT qora matt yorlig’i 50×30 mm — NIIMBOT M2 va M3 termotransfer printerlari uchun original yorliq. Bir rulonda 225 dona.
Yorliq qora matt PET plyonkadan tayyorlangan. Oltin lenta bilan chop etilganda qora fonda tillarang yozuv hosil bo’ladi va mahsulotga qimmatbaho, premium ko’rinish beradi. Matt sirt yaltiramaydi, shuning uchun yozuv aniq va hashamatli ko’rinadi.
Asosan atir moylari flakonlarini nomlash uchun ishlatiladi. Kosmetika, shirinlik qutilari, qo’lda tayyorlangan mahsulotlar, sovg’alar va laboratoriya flakonlari uchun ham juda mos.
Yorliq suvga, ishqalanishga va yirtilishga chidamli. Har qanday tekis va silliq yuzaga mahkam yopishadi.
Bu termotransfer yorliq, shuning uchun chop etish uchun printerga lenta (kartrij) o’rnatiladi. Qora yorliq uchun oltin yoki oq lenta tavsiya etiladi. Ribbon (lenta) alohida sotib olinadi.
Original NIIMBOT yorlig’i — printer uni avtomatik taniydi.

