Katta sharaf va masʼuliyat hisoblanmish onalikning bahosi farzandning nechog‘lik parvarish va tarbiya topganligi bilan o‘lchanadi. O‘z o‘rnida har bir ona farzandining raso, komil inson bo‘lib voyaga yetishini niyat qiladi. Bu niyat kimgadir hamroh bo‘lsa, yana kimdir rasolikdan yiroqda qoladi. Nega ? Bu taqdirmi yoki harakatlarimizning taʼsiri ? Balki taqdirga o‘zimiz eshik ochayotgandirmiz ?
Homiladorlikning masʼuliyati nimada ? Bu davrda ayol psixologiyasi nimalarga muhtoj bo‘ladi ? Onalik va psixologiyaning mutanosibligi nimada ? Farzandning erta tug‘ilishi xavfmi, xursandchilik ? Odatda chaqaloqlar dunyoga kelgach, dastlabki bir yil davomida qator kasalliklarga qarshi emlanadi, nega?
Yuqoridagi savollarga javob tarzida tayyorlangan ushbu kitob nafaqat yosh onalarga, balki keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.

