Agar qizaloq yig‘lasa, biz o‘lamiz... Ehtiyotkorlik bilan uydan chiqib, orqamga o‘girildim. Derazada U paydo bo‘ladi va ikkala kafti bilan oynani ura boshlaydi, uning orqasidan esa qora tutun ko‘tariladi.
Richardning birinchi turmushidan bo‘lgan qizi Xloya qo‘ng‘iroq qilganida boshi osmonga yetgan edi. To‘yimizdan beri ikki yil gaplashmadi. Nihoyat, u biz bilan yarashishga qaror qildi.
Do‘stlashamiz deb o‘ylagandim. Birga ovqat pishiramiz, uning yigitlari va o‘qishini muhokama qilamiz. Biz haqiqiy oila bo‘lishimiz mumkin edi. Lekin hammasi boshqacha bo‘lib chiqdi...
Avvaliga bunga e’tibor bermadim, hammasini charchoqqa yo‘ydim. Men sanalarni adashtira boshladim, muhim uchrashuvlarni o‘tkazib yubordim va narsalarni o‘z joyida topa olmadim. Xloyaning ahvoli bundan ham yomon edi.
Richardning oldida u o‘zini haqiqiy farishtadek tutardi, ammo men bilan yolg‘iz qolganda to‘satdan tajovuzkor va kutilmagan bo‘lib qolardi.
Bilaman, unga ishonib bo‘lmaydi. Oilamni himoya qilishim kerak. To‘rt oylik chaqalog‘imni himoya qilish uchun. Juda kech bo‘lmay turib...
Yumshoq muqova
Qog‘oz rangi: eko
Sahifalar soni 257
Kitobni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun savatga qo‘shing ̇
Bonusga xatcho‘p qo‘yish
Xizmatning to‘liq tavsifini o‘qing

