«Незнакомка из Уайлдфелл-Холла» - ingliz yozuvchisi Enn Brontening Viktoriya davriga mansub romani bo‘lib, ilk bor 1848-yilda nashr etilgan va Angliyada katta shov-shuvga sabab bo‘lgan. Chunki bu asarda Yevropa adabiyotida ilk bor nihoyatda ochiq va dadil tarzda juda nozik bir masala ko‘tarilgan edi: zolim erning zulmiga duchor bo‘lgan ayol «oilasini saqlab qolish» va farzandlari uchun taqdiriga tan berib yashashi kerakmi? Yoki bunday nikoh rishtalarini uzish nafaqat uning huquqi, balki aynan ona sifatidagi burchi hammi?
Afsuski, bu savol bugungi kunda ham dunyoning ko‘plab mamlakatlaridagi ayollar uchun o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan.

