Psixologik urushda jamiyatning ruhiyati va ongi maqsadga yo‘naltiriladi.
bo‘ladi. Professor Nevzat Tarxan o‘zining "Psixologik urush" kitobida bu usullarning inson va jamiyatga ta’sirini yoritib beradi. Jang uslublari haqida tarixda birinchi kitob yozgan xitoylik yozuvchi Szyan Szi o‘z asarining katta qismini dushmanni ruhiy sindirishga bag‘ishlaydi. Psixologik urush usullari harbiy strategiya va taktikada eng muhimlaridan biridir. Muayyan maqsadga yo‘naltirilgan, uzoq muddatli rejalar va strategiyalarga asoslangan psixologik urush qurolli va sovuq urush davrida eng ko‘p qo‘llanilgan kurash usullaridan biri edi.
Professor Nevzat Tarxan ushbu kitobida tor harbiy doiralarda qo‘llaniladigan bu atamaning Turkiya va jahon tarixidan tortib, bugungi kunimizga qadar kundalik hayotimizda qanday qo‘llanilayotganini chuqur tahlil qiladi.
Kitobda psixologik urush haqidagi odatiy ma’lumotlardan tashqari, axborot urushi, elektromagnit urushi, ong nazorati, targ‘ibot usullari va kompyuter inqilobi, internet hujumlari, tarixiy ma’lumotlar, o‘z joniga qasd qilishga moyillikning kuchayishi, ommaviy va begona madaniyatlarning ta’siri, bo‘ysunish madaniyatidan demokratik jarayonlarga o‘tish, psixologik urushda rol o‘ynaydiganlarning ruhiy holatini tahlil qilish va inson ruhiyati qanday ta’sirga uchrashi kabi mavzular ko‘rib chiqilgan.

