• Nomi: Hech qanday bahona yo‘q! O‘zini intizomga o‘rgatish kuchi
• Muallif: Brayan Treysi
• Janri: Shaxsiy rivojlanish, Motivatsiya, Psixologiya
• Yosh chegarasi: 16+
• Muqova: Yumshoq
• Sahifalar soni:237
Ushbu kitob o‘z hayotini yaxshilashni istagan har bir inson uchun qo‘llanmadir. Brayan Treysi intizomning hayotdagi barcha sohalarda — moliyaviy mustaqillik, sog‘liqni mustahkamlash, oilaviy baxt va professional yutuqlarda muhim o‘rin tutishini ta’kidlaydi. Kitobdagi 21 bosqichli tizim orqali o‘quvchi o‘zida odatlarni shakllantirish, vaqtni boshqarish, muammolardan qo‘rqmaslik va orzular sari qat’iyat bilan intilish ko‘nikmalarini hosil qiladi. Eng katta afzalligi shundaki, u o‘quvchini bahonalardan voz kechishga va to‘liq mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga undaydi.

