• Hajmi: 200 g
9 oylikdan katta bolalarni ovqatlantirish uchun asal va o‘rik bo‘lakchalari qo‘shilgan sutli multiflok bo‘tqasi.
Nestlé® bo‘tqasi sog‘lom bolalar uchun foydali muvozanatli qo‘shimcha ovqat bo‘lib, ratsionni kengaytirish uchun juda mos keladi. Probiotiklar - foydali bifidobakteriyalar BL bilan boyitilgan. Ular ovqat hazm qilishni normallashtirishga, sog‘lom mikrofloraning ko‘payishiga va immunitetni mustahkamlashga yordam beradi, bu qo‘shimcha ovqatlanish davrida juda muhimdir. Bo‘tqa tarkibida uyg‘un o‘sish va rivojlanish uchun zarur bo‘lgan vitaminlar va mineral moddalar majmuasi mavjud. Meva bo‘laklarini qo‘shish chaqaloqning ham ta’m bilish, ham chaynash qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi, bu esa asta-sekin kattalar menyusiga o‘tish davrida juda muhimdir.
MUHIM ESLATMA: Biz ko‘krak suti bilan oziqlantirish chaqaloqlar uchun ovqatlanishning ideal boshlanishi deb hisoblaymiz va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining hayotning dastlabki olti oyi davomida faqat ko‘krak suti bilan oziqlantirish va keyinchalik ikki yoshgacha ko‘krak suti bilan oziqlantirishni davom ettirish bilan to‘g‘ri ozuqaviy qo‘shimcha ovqatlanishni joriy etish bo‘yicha tavsiyasini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. Qo‘shimcha ovqatlarni qachon kiritish kerakligi haqida mutaxassis bilan gaplashishni maslahat beramiz. Ona sutining o‘rnini bosmaydi.


