4 oylikdan katta bolalar uchun sutli guruchli kasha.
Nestlé® bo‘tqasi glyutensiz yormadan tayyorlanadi. U ovqat hazm qilishni normallashtirish, sog‘lom mikroflorani ko‘paytirish va immunitetni mustahkamlashga yordam beradigan BL probiotik bilan boyitilgan. Bir porsiya sog‘lom o‘sish va rivojlanish uchun vitaminlar va mineral moddalar majmuasini o‘z ichiga oladi. Tarkibida shakar qo‘shilmagan, bu to‘g‘ri ovqatlanish odatlarini shakllantirishga va chaqaloqning yoshligidan sog‘lig‘iga g‘amxo‘rlik qilishga yordam beradi. Palma moyisiz.
MUHIM ESLATMA: Biz ko‘krak suti bilan oziqlantirishni chaqaloqlar uchun ideal ovqatlanishning boshlanishi deb hisoblaymiz va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining hayotning dastlabki olti oyi davomida faqat ko‘krak suti bilan oziqlantirish, keyinchalik ikki yoshgacha ko‘krak suti bilan oziqlantirishni davom ettirish bilan yetarli ozuqaviy qo‘shimcha ovqatlanishni joriy etish bo‘yicha tavsiyasini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. Qo‘shimcha ovqatlarni qachon berish kerakligi haqida davolovchi shifokoringiz bilan gaplashishni maslahat beramiz.


