Sutli grechkali bo‘tqa, 6 oydan boshlab, qo‘shimcha ovqatlanishni muvozanatli davom ettirish va kichkintoyni yangi ta’mlar bilan tanishtirish uchun.
NESTLÉ® bo‘tqasidagi MULTIFOYDA — har bir likopchada g‘amxo‘rlikning 4 yo‘nalishi demakdir:
1. BL probiotigi: ichak mikroflorasi va immunitet uchun foydali;
2. Rux, kalsiy, C va D vitaminlari: bolaning o‘sishi va jismoniy rivojlanishi uchun;
3. B guruhi vitaminlari va temir: miya faoliyati va kognitiv rivojlanish uchun;
4. Chaynash ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich rivojlantirish uchun moslashtirilgan tuzilma.
Palma yog‘isiz. Tarkibidagi raps va pista moylari tarkibida Omega-3 va Omega-6 yog‘ kislotalari mavjud.
Nestlé® bo‘tqalari bilan chaqaloqqa o‘sish va rivojlanish uchun zarur bo‘lgan narsalarni berish juda oson!
MUHIM ESLATMA: Bola uchun mukammal ozuqa ona sutidir. Nestlé Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining hayotning dastlabki 6 oy davomida faqat emizishni, so'ngra 2 yoshgacha va undan keyin emizishni davom ettirish bilan birga qo'shimcha ovqat kiritish bo'yicha tavsiyasini to'liq qo'llab-quvvatlaydi. Ona suti o'rnini bosa olmaydi. Shifokor maslahati talab qilinadi.
Tayyorlash/foydalanish bo‘yicha tavsiyalar:
1. Qo‘lingizni yuving va toza idishni oling.
2. Ichimlik suvini 5 daqiqa qaynating va bo‘tqadagi probiotikning foydasi saqlanib qolishi uchun uni 40°C gacha sovishini kuting. Toza likopchaga 150 ml suv quying.
3. Suv solingan likopchaga 40 g (5-6 osh qoshiq) quruq bo‘tqani qo‘shing, bir me‘yorga kelgungacha uzluksiz aralashtirib turing.
Qaynatmang! Bolani toza qoshiq bilan ovqatlantiring. Bo‘tqa bevosita har bir oziqlantirishdan oldin tayyorlanishi kerak. Ovqatlantirishdan qolgan suyultirilgan bo'tqani saqlamang. Mahsulotni kattalar nazorati ostida, o‘tirgan holatda berishni tavsiya qilamiz.
Yangi mahsulotni 1 choy qoshiqdan boshlab, asta-sekin portsiyani kerakli hajmga oshirib kiriting.

